О клинике "Doktor Salimov"
«Doktor Salimov» xususiy klinikasi reklamaga muhtoj emas — allergiya kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan muassasa. Bu yerdagi shart-sharoitlar, davolash uslublarigina emas, klinika rahbari — oliy toifali allergolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Ergash Salimovning dovrug‘i ham bemorlarni bu yerga chorlaydi. Professorning mehnat faoliyati butunicha allergologiya sohasi bilan bog‘liq — Moskvaning yetakchi institutlarida ilmiy izlanishlar olib borgan, Sog‘liqni saqlash vazirligida allergik xastaliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis, bolalar allergologiya markazida rahbar bo‘lib ishlagan, igloterapevtlarning ICMART xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiya allergologlar va klinik immunologlar assotsiatsiyasining a’zosi.
Muassasaga murojaat qilganlar eng avvalo qabulxonadagi oliy toifali allergolog shifokor suhbatida bo‘lishadi. Kasallik alomatlari o‘rganilgach, bemorni tekshiruv, tahlil, tashhis ishlari boshlanadi. Bu ishlar eng zamonaviy asbob uskunalar vositasida bajariladi. Kasallikka sabab bo‘lgan allergenni aniqlashdan tortib, bu tur kasalliklar uchun bajariladigan qon tahlillarini klinikaning o‘zida amalga oshirish imkoni mavjud.