(+99871) 249 43 33
(+998 97) 538-40-99
(+998 90) 900-65-01

Информация о клинике

«Doktor Salimov» xususiy klinikasi reklamaga muhtoj emas — allergiya kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan muassasa. Bu yerdagi shart-sharoitlar, davolash uslublarigina emas, klinika rahbari — oliy toifali allergolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Ergash ­Salimovning dovrug‘i ham bemorlarni bu yerga chorlaydi. Professorning mehnat faoliyati butunicha allergologiya sohasi bilan bog‘liq — ­Moskvaning yetakchi institutlarida ilmiy izlanishlar olib borgan, Sog‘­liqni saqlash vazirligida allergik xastaliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis, bolalar allergologiya markazida rahbar bo‘lib ishlagan, igloterapevtlarning ICMART xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiya allergologlar va klinik immunologlar assotsiatsiya­sining a’zosi.

Салимов Иргаш Исмаилович