(+99871) 244-41-64
(+99871) 249-43-33
(+99890) 900-65-01

Почему выбирают нас

Ergash Salimov bilan klinika bo‘ylab sayohatimiz davomida, garchi uning o‘zi ta’kidlab aytmagan bo‘lsa-da, xususiy tibbiyot muassasasining talab darajasida ishlashini ta’minlovchi omillar xususida xulosa chiqarish imkoniga ega bo‘ldik. Bular yuqorida ta’riflangan shart-sharoit­lar va bilimli mutaxassislar va shuning bilan birga klinikada yo‘lga qo‘yilgan o‘ziga xos davolash uslubidir.

Klinikada allergik kasalliklar dori-darmonsiz davolanadi. Bunda professor Ergash Salimovning qator ixtirolaridan foydalaniladi. Jumladan, bolalarda allergik kasalliklarni, atopik dermatozni, pollinozlarni, bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni dorisiz maxsus allergen immun muolaja vositasida davolash usullari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.

Ergash Salimov bundan qariyb yarim asr ilgari, tibbiyot institutining bitiruvchi kurs talabasi vaqtida ustozi, marhum Yefim Poshkov­s­kiyning gaplarini eslaydi. «Bolalar, shuni unutmangki, kelgusi tibbiyot allergiya tibbiyoti bo‘ladi», degan edi u. Uning bashorati to‘g‘ri chiqqanini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bugungi kunda allergik kasalliklar ko‘payib bormoqda, uning og‘ir turlari uchrayapti. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida har to‘rt insondan bittasi allergik xastalikka chalingan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi XXI asrni allergiya asri, deb e’lon qildi.

Allergik kasalliklarning ko‘payishiga esa nafas olayotgan havomizning turli sabablar tufayli buzilib borayotgani, ichimlik suvining har xil chiqindi va kimyoviy vositalar orqali ifloslanishi, hosildorlikni oshirish maqsadida yerga kim­yoviy ishlov berilishi, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlarimizning tobora kimyoviylashayotgani va nihoyat kasalliklarni davolash uchun ko‘plab qo‘llanilayotgan dori-darmonlar kabi omillar sabab bo‘lyaptiki, ularni to‘xtatib qolishning iloji yo‘q. Demak, allergolog mutaxassislarga talab oshib boraveradi.