(+99871) 244-41-64
(+99871) 249-43-33
(+99890) 900-65-01
Жизнь без аллергии существует
«Doktor Salimov» xususiy klinikasi reklamaga muhtoj emas — allergiya kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan muassasa. Bu yerdagi shart-sharoitlar, davolash uslublarigina emas, klinika rahbari — oliy toifali allergolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Ergash Salimovning dovrug‘i ham bemorlarni bu yerga chorlaydi. Professorning mehnat faoliyati butunicha allergologiya sohasi bilan bog‘liq — Moskvaning yetakchi institutlarida ilmiy izlanishlar olib borgan, Sog‘liqni saqlash vazirligida allergik xastaliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis, bolalar allergologiya markazida rahbar bo‘lib ishlagan, igloterapevtlarning ICMART xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiya allergologlar va klinik immunologlar assotsiatsiyasining a’zosi.
Ergash Salimov bilan klinika bo‘ylab sayohatimiz davomida, garchi uning o‘zi ta’kidlab aytmagan bo‘lsa-da, xususiy tibbiyot muassasasining talab darajasida ishlashini ta’minlovchi omillar xususida xulosa chiqarish imkoniga ega bo‘ldik. Bular yuqorida ta’riflangan shart-sharoitlar va bilimli mutaxassislar va shuning bilan birga klinikada yo‘lga qo‘yilgan o‘ziga xos davolash uslubidir.
Klinikada allergik kasalliklar dori-darmonsiz davolanadi. Bunda professor Ergash Salimovning qator ixtirolaridan foydalaniladi. Jumladan, bolalarda allergik kasalliklarni, atopik dermatozni, pollinozlarni, bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni dorisiz maxsus allergen immun muolaja vositasida davolash usullari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.